Mustaqil o’rganuvchilar uchun matematikadan video-darslar
E'tiboringizga havola qilinayotgan ushbu video-darslar maktab matematikasini o’rgatishga qaratilgan. Undagi darslar asosan o’tilgan mavzularni esga olmoqchi bo’lgan, maktab matematikasini mustaqil o’rganmoqchi bo’lgan o’quvchilarga mo’ljallangan bo’lsada undan maktab o’qituvchilari ham foydalanishlari mumkin.
Matematikani yangi boshlayotgan o’quvchilarga dastlab video-darslarda yechilgan misol va masalalarni qaytadan mustaqil yechib, so’ngra dars oxirida berilgan topshiriqlarni yechishni tavsiya qilamiz.
Biz darslarni shartli ravishda ikki qismga ajratdik:
2-qism faqat 1-qismni o’zlashtirgan o’quvchilarga tavsiya qilinadi. Undan oily o’quv yurtlariga kirish ishtiyoqida bo’lgan o’quvchilar ko’plab misollarning yechimlarini o’rganishlari mumkin. 2-qismning oxirida ham topshiriqlar berilgan bo’lib ular asosan test to’plamlaridan olingan. Video-darslarda yechilgan misollar bu topshiriqlarning nisbatan murakkabrog’i yoki tipik misollarini tashkil etadi.
O’zlarining qimmatli vaqtlarini ayamay ushbu kursga taaluqli fikr va mulohazalarini bildiradigan tinglovchilarga oldindan o’z minnatdorchiligimizni bildiramiz.
Fizika-matematika fanlari doktori
Ishlagan lavozimlari:
1.O’zbekiston Milliy Universiteti qoshidagi Matematika Instituti.
a.Kichik ilmiy xodim (1984-1985)
b.Aspirantura (1985-1988)
c.Ilmiy xodim (1988-1991)
d.Fizika matematika fanlari nomzodi 1991.
e.Katta ilmiy xodim (1994-1996)
f.Fizika matematika fanlari doktori (2006)
g. Yetakchi ilmiy xodim (hamkor, 2017 dan buyon)
2.O’zbekiston Milliy Universiteti. Katta o’qituvchi (1991-1994)
3.Jahon Iqtisodiyoti va Diplomatiya Universiteti.
a.Dotsent (1996-2003)
b.Iqtisodiyotda miqdoriy usullar kafedrasi mudiri (2003-2006)
4.Malayziya Putra Universiteti (Associate Professor 2006 dan buyon)
Ommaviy sharh qoldiring